Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Telegram” messenjeri orqali aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatish bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi
15:21 / 2022-01-23

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uzun tumanida yashovchi “R. S” “Telegram” messenjeri orqali “Arab tili darsi” nomli kanal tashkil etib, uning a’zolariga arab tilini o‘rgatish bahonasida Abdulloh Zufar va boshqa noma’lum shaxslar ma’ruzasini, da’vatlarini joylashtirib, tarqatish hamda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

Viloyat IIB axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, ushbu holat protsessual tarzda rasmiylashtirib olingach, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasi olingan. Joylashtirilgan materiallar orasida qonunchiligimizda ta’qiqlangan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalar mavjudligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA