Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Telegram faoliyatida uzilishlar kuzatilyapti
16:02 / 2022-02-24

Butun dunyoda Telegram messenjeridan foydalanayotganlar keng ko‘lamli uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar bermoqda, deyiladi internet-resurslari faoliyatini tahlil qilib boruvchi Downdetector sayti bergan ma’lumotda.

Soat 10.59 holatida 1 ming 266 ta shikoyat tushgan. Ularning  44 foizi serverga ulanish bilan bog‘liq muammodan shikoyat qilishgan, 29 foiz foydalanuvchilar xabar olishda muammolar paydo bo‘layotganini yozishgan, 28 foiz shikoyat esa ilovalardagi muammolar bilan bog‘liqligi aytilmoqda. 

Xabarda ta’kidlanishicha, Telegram faoliyatidagi muammolarga Rossiya, Ukraina, Belarus, Polsha va boshqa bir qator mamlakatlar aholisi duch kelgan. 
 
Telegram — messenjeri, xabar va ko‘plab formatdagi mediafayllar almashinuvi imkoniyati beradi. Ushbu loyiha "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel  Durov tomonidan 2013 yilda yaratilgan.