Telegram 2022 yil boshlangandan buyon eng ko‘p yuklab olingan ilovalar beshligiga kirdi
Telegram messenjeri 2022 yilda App Store va Google Playda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar beshligiga kirdi, deyiladi Sensor Tower tahlil kompaniyasi e’lon qilgan ma’lumotda.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxatidagi kuchli beshlikni TikTok egallagan, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Instagram va Facebook , to‘rtinchi WhatsApp va beshinchi o‘rinni Telegram egallagan.
"2022 yilda Telegram dunyo bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan ilovalar beshligiga kirdi. Ushbu top beshlikka kirgan ilovalar orasida Telegram yuklab olishni sotib olish marketingi bo‘yicha milliardlab sarf-xarajatni amalga oshirmayotgan yagona ilova hisoblanadi", – deb yozdi messenjerni yaratgan tadbirkor Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida.