Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin
16:40 / 2023-06-20

Ko‘plab abituriyentlar tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda talabgor yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ni kiritganda uning barcha ma’lumotlari yangi telefon raqamiga biriktiriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA