Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Telefon muloqotlari ko‘paydi...
12:51 / 2023-06-09

Rossiya-Ukraina

Ukraina qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishi uchun G‘arb mamlakatlari bor imkoniyatni ishga soldi, deb bayonot berdi AQSH Prezidenti Jo Bayden.  

– Avvalo, ayni amal to‘g‘risida ukrainaliklarning o‘zi gapirishi kerak, – dedi u. – Vaziyat bunday rivojlanishiga biz ijobiy qaraymiz. AQSH va ittifoqdoshlarimiz Kiyev xavfsizligini ta’minlashga “uzoq muddatli asosda” ko‘mak berishda davom etadi.

Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Lloyd Ostin keyingi hafta Bryusselga boradi, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aloqa guruhi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati rahbari Patrik Rayder ma’lum qildi.

Ukrainaning g‘arblik ittifoqdoshlari Kiyevga “F-16” qiruvchi samolyotlar bilan birga eski rusumdagi “F-18” uchog‘i yetkazib berish bo‘yicha muhokama boshladilar, deb yozdi “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib.

Kaxovka GES qo‘porilishi qishloq xo‘jaligi va energetika xavfsizligiga, ekologiyaga jiddiy tahdid solishi mumkin, deyiladi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bayonotida. Hujjatda, jumladan, shunday deyilgan:

– Suv ombori sathi pasayib boryapti, majmuadan esa Zaporoje AESni muzlatishda foydalaniladi, qolaversa, mintaqada kuchli ifloslanish sodir bo‘ladi. Talafot jiddiy va har tomonlama baho berishni taqozo qiladi.

Shveysariya Milliy kengashi (katta palatasi) Ukrainaga besh milliard frank ajratish to‘g‘risidagi parlament tashabbusini rad etdi.

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida u qator afrikalik yetakchilarning Rossiya va Ukrainaga safari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi, deb yozgan davlat rahbari matbuot xizmati.

Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali suhbatlashdi. “Anadolu” xabarida tomonlar boshqa dolzarb mavzular qatori don shartnomasi bajarilishi masalasini ham ko‘rib chiqqanlar.

Niderlandiya va Ukraina Kiyevga “Patriot” raketa mudofaasiga qarshi tizimi yetkazib berish uchun Ispaniyaga bosim o‘tkazmoqda, deb yozdi “El País” gazetasi.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina ziddiyat sababini axtarmasdan, nizoni to‘xtatish chorasini ko‘rishi kerak, dedi. Uning fikricha, Ukraina qarshi hujum boshlagani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga yaqin emas.

Belarus yetakchisi G‘arb “Rossiyani o‘z quchog‘iga olish” maqsadida Ukrainadan foydalanmoqda, deya ta’kidlagan.

Moldova Prezidenti Mayya Sandu bayonotiga ko‘ra, hukumat fermerlarning Ukraina doni eksportini taqiqlash to‘g‘risidagi talabini bajarmaydi.  

Prezident Vladimir Zelenskiy Kaxovka GES qo‘poruvidan keyingi talafot bilan tanishish uchun Nikolayev va Xerson viloyatlaridagi vaziyat bilan tanishdi. Ukraina mojaro tugamaguncha G‘arb mamlakatlari qurolli kuchlarini hududiga kiritish masalasini ko‘rib chiqmayapti, dedi tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “1+1” telekanali muxbiriga. Avvalroq “The Guardian” nashri NATO sobiq Bosh kotibi Anders Fon Rasmussen (2009-2014)ning Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari “xususiy tarzda” Ukrainaga qo‘shin kiritishi mumkin, mazmunidagi fikrini yozib chiqqan edi.

Abror XON, O‘zA