Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Telefon muloqotlari davom etadi, deputatlar iste’fosi…
10:21 / 2023-01-30

Rossiya – Ukraina

Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Rim Kiyevga hujum qurollarini jo‘natmaydi, deb ishontirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

«Ukrainadagi vaziyat murakkab, barchamiz bu mamlakatga tinchlik qaytib kelishi uchun harakat qilmoqdamiz. Parlamentimiz Kiyevga mudofaa aslahalari yetkazib berish qarorini berdi», dedi vazir.

Ukrainalik birinchi tank ekipajlari Buyuk Britaniyaga yetib keldi. Ular «Challenger 2»dan foydalanish mashqlarini o‘rganadilar. Bu haqda Birlashgan Qirollik Mudofaa vazirligi xabarida aytiladi.  

14 yanvarda London G‘arb davlatlarida birinchi bo‘lib, Kiyevga jangovar tanklarni berishi to‘g‘risida e’lon qilgan edi. «14 ta «Challenger 2» tanklari mart oyi oxirigacha Ukrainaga yetkazib beriladi, deyiladi xabarda.  

Italiyaning sobiq Bosh vaziri va Yevropa komissiyasi eks-rahbari Romano Prodi umumevropaning Ukrainani qo‘llashiga rozilik berishiga qaramasdan, Yevropa mamlakatlari orasida mazkur inqirozni hal etish masalasida turli qarashlarga ega, deb hisoblashini aytdi.  

Germaniya va AQSHdan tanklar yetkazib berilishi «bu tarixiy voqea bo‘lishi bilan birga Rossiya – Ukraina ziddiyatini hal etmaydi», deb bayonot berdi u.

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqotlari muhim ekanini ta’kidlab, uni davom ettirish zarur ekanini qayd etdi. Uning so‘zlaridan iqtibosni «Tagesspigel» gazetasi keltiradi.

«Bunday telefon suhbatlari «muloyim» bo‘lmasa ham, vaziyatga qarashlari turlicha bo‘lsa ham uni davom ettirishga tayyorman», deb bayonot berdi.  

So‘nggi marta Shols va Putin 2022 yil 2 dekabrda telefon orqali suhbatlashgan edilar, deyiladi.

AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin  «G‘arb sanksiyalari ostida qolgan Rossiya unga Amerika dollari kerak emas, deb dunyoni ishontirmoqda», deb bayonot berdi.  

«Qo‘shma Shtatlarning Ukraina atrofidagi vaziyatga siyosati dollarning jahon valyutasi maqomini yo‘qotishga olib kelishi mumkin», deb qo‘shimcha qildi deputat ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.

2019 yilda Ukraina Oliy Radasi deputatlari etib saylangan, mamlakatda taqiqlangan «Muxolifat platformasi – Hayot uchun» partiyasi a’zolari Natalya Korolevskaya, Yuriy Solod va Oleg Voloshin mandatlaridan voz kechishdi.  

Prezident Vladimir Zelenskiy o‘z farmoni bilan 10 yanvarda uch nafar mazkur partiya vakillari, Oliy Rada deputatlarini Ukraina fuqaroligidan chiqargan edi.  

Ukrainaning jangovar harakatlar natijasida 40 foizdan oshiq hududlari minalashtirilgan. Bu haqda ekspertlarga tayanib, Britaniyaning «Sky News» telekanali xabar berdi.  

«Ukraina dunyodagi eng minalashtirilgan davlat, uni hatto Siriya yoki Afg‘oniston bilan solishitirib bo‘lmaydi», deydi nohukumat «Mines Advisory Group» tashkiloti rahbari Katerina Templton.  

Uning ta’kidlashicha, 2022 yil 24 fevraldan to 10 yanvargacha 611 kishi minadan jarohat ko‘rgan. «Ukraina hududini minalardan tozalash uchun ancha yillar kerak bo‘ladi», dedi Templton.  

Zelenskiy temir yo‘llarda Rossiyaga ko‘maklashayotgan 185 yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.  Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videomurojaatida aytadi.  

 

Abror XON, O‘zA