English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tel-Avivda namoyishchilar suv bilan tarqatildi
10:48 / 2023-07-21

Isroilda sud-huquq islohotiga qarshi ommaviy norozilik butun mamlakat bo‘ylab davom etmoqda. Kecha kechqurun eng yirik namoyish Tel-Avivda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kan” davlat teleradiokompaniyasi ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, bir guruh fuqarolar shahar sharqidagi Ayalon katta magistral yo‘lini to‘sib qo‘yishgan. Politsiya ruxsat etilmagan mitingni tarqatish uchun suv purkagichdan foydalangan.

O‘tgan hafta Knesset (parlament) birinchi o‘qishda sud-huquq islohotiga oid qonun loyihasini qabul qildi. Sud islohotiga qarshi namoyish seshanba kuni qayta tiklandi. Demonstrantlar mamlakat hukumatiga, Bosh vazir Netanyaxu siyosatiga norozilik bildirishmoqda.  

Mazkur qonun loyihasi parlamentga yil boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan. Muxolifat fikricha, ayni islohot demokratiya qoidasiga zid.  

Norozilik mamlakatda 28 haftadan beri davom etyapti.