French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tekshiruv tartibini buzgan rahbar lavozimidan ozod etildi
18:54 / 2019-12-12

Biznes-ombudsman nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshirishlar qonuniy yoki noqonuniy ekanini doimiy nazorat qilib keladi.


Biznes-ombudsman nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshirishlar qonuniy yoki noqonuniy ekanini doimiy nazorat qilib keladi.

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan “STAR ALFA PROGRES” MCHJ faoliyati boʻyicha oʻtkazish tekshiruv tartibi buzilgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan tekshiruv tartibini buzgan shaxslarga nisbatan tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.

Natijada oʻtkazilgan tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan dalolatnoma va tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bekor qilinib, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi O.Z.ga nisbatan jarima intizomiy jazosi qoʻllanildi. Oʻz navbatida, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Markaziy mintaqaviy inspeksiyasi boshligʻi A.J. egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Markaziy mintaqaviy inspeksiyasi bosh va yetakchi inspektorlari S.Sh. va S.A.ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ular sud tomonidan huquqbuzar, deb topildi.

Biznes-ombudsman matbuot xizmati.