Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tekin tomosha” koʻrsatgan fuqaroga qamoq jazosi tayinlandi
07:10 / 2020-07-28

Fuqaro tibbiy niqob taqmasdan, mast holatda, oʻzini koʻp qavatli uylarning ikkinchi qavatidan tashlayman deb, aholi tinchligini buzgan.

Joriy yilning 20-iyul kuni chamasi soat 21:00 larda mast holatda oʻzini ikkinchi qavatdan tashlamoqchi boʻlib, aholiga “tekin tomosha” koʻrsatgan Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro–1999-yilda tugʻilgan B.A. sud tomonidan tegishli jazosini oldi.

Bu haqda Nukus shahar maʼmuriy sudi raisi Amangeldi Saliyev OʻzA muxbiriga maʼlum qildi.

Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etayotgan, aholi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borayotgan bugungi sinovli kunlarda ayrim fuqarolarning spirtli ichimlik isteʼmol qilib, belgilangan qoidalarga amal qilmayotganligiga nima deyish mumkin.

Fuqaro B.A. tibbiy niqob taqmasdan, mast holatda, oʻzini koʻp qavatli uylarning ikkinchi qavatidan tashlayman deb, aholi tinchligini buzgan. Har kimning salomatligi birinchi navbatda oʻziga qadrli. Shunga qaramasdan u voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan.

Bu shaxsga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlar Nukus shahar maʼmuriy sudi tomonidan koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan unga uzil-kesil 7 (yetti) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.