Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tehronda O‘zbekistonni ulug‘lagan kurashchilar tantanali kutib olindi
18:18 / 2024-06-12

Vatanimiz sport sharafini munosib himoya qilish bilan birga azaliy qadriyatimiz kurashning xalqaro rivojiga munosib hissa qo‘shgan yengilmas kurashchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Aytish lozimki, Eron poytaxti Tehron shahrida o‘tkazilgan navbatdagi qit’a chempionati milliy sportimizning xalqaro rivojida yangi sahifa ochibgina qolmay, yoshlarimiz orasida O‘zbekistonning oltin avlodi kamolga yetayotganini ko‘rsatdi.

Tehrondagi dunyoga mashhur «Azadi» sport majmuasida o‘tgan 13-Osiyo chempionatida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda 8 ta oltin, 5 kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Bu bilan sakkiz marta O‘zbekiston madhiyasi yangrab, o‘n to‘rt marta bayrog‘imiz yuksaldi.

[gallery-17806]

Kutib olish marosimida ishtirok etgan Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari R.Ermatov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari U.Umarov, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy sport klubi boshlig‘i Mansur Mamadaminov, keng jamoatchilik vakillari ushbu muvaffaqiyatlarning tag zaminida mamlakatimizda ota-bobolarimizdan meros kurash sportining rivojiga alohida e’tibor mujassamligini ta’kidladi. 

Ushbu yutuqlarni yurtimizda tizimli tarzda tashkil etib kelinayotgan «Besh tashabbus olimpiadasi», «Barkamol avlod» o‘yinlarida saralangan yoshlarning xalqaro maydonda qo‘lga kiritayotgan o‘ziga xos g‘alabasi, deyish mumkin.

T.Ro‘ziyev, A.Mamadaminov (foto), O‘zA