Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tehronda «Ijod Nashr»da chop etilgan kitoblar namoyish etildi
14:32 / 2024-05-14

Ayni kunlarda Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahrida «O‘qiymiz va bunyod etamiz» shiori ostida 35-xalqaro kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur ko‘rgazma noshirlik ishlari va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Eron Kitob agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda. Unda Turkiya, Yaman, Xitoy, Vetnam, Keniya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Malayziya, Rossiya, Meksika, Venesuela singari dunyoning turli mamlakatlaridan ko‘plab yirik nashriyotlar o‘zlarida chop etilgan kitoblar bilan ishtirok etishmoqda.  

E’tiborlisi, ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekistondan "Ijod Nashr” nashriyoti ham ishtirok etmoqda. Nashriyot tomonidan chop etilgan o‘nlab kitoblar ko‘rgazmadan joy olgan.

«Ijod Nashr» tadbirda ishtirok etayotgan bir qator nashriyotlar bilan bolalar adabiyotini, xususan, zamonaviy eron hikoyachiligi namunalaridan tarjima qilib chop etish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida kelishuvlarga erishdi. Shu bilan birga, Venesuela, Meksikadan ishtirok etayotgan noshirlar bilan Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlaridan ham o‘zbek tiliga tarjimalar qilib chop etish bo‘yicha kelishib olindi.

Tadbir davomida nashriyotlar o‘rtasida kitoblarni sifatli chop etish, noshirlik ishlarini rivojlantirish bo‘yicha fikrlar, tajribalar almashildi.

Ma’lumot o‘rnida, ko‘rgazma ertalab Tehron vaqti bilan 10:00 dan kech soat 20:00 gacha ochiq bo‘ladi.  

 

O‘zA