Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tehron yadro qurolini yaratish niyatida emas
16:26 / 2021-08-06

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy inauguratsiya marosimida so‘zga chiqib, Eron yadro qurolini yaratish niyatida emas, mamlakatning mudofaa strategiyasida unga joy yo‘q ekanini ta’kidladi.

Raisiy payshanba kuni qasamyod qabul qilib, Eron prezidenti sifatida vazifasini bajarishga kirishdi.  

"Eronning yadro dasturi mutlaqo tinch maqsadlarda olib borilmoqda hamda Oliy rahbarning fatvosiga binoan, yadro quroli taqiqlangan va Eron mudofaa strategiyasida unga o‘rin yo‘q", - dedi Raisiy. Uning chiqishi  IRIB davlat telekanali orqali namoyish qilib turildi.

Eron Mahmud Axmadinejad prezidentlik qilgan davrda (2005-2013 yillar) yadro dasturini jadallashtirgandi. Xuddi shu davrdan boshlab MAGATE Eronning yadro ob’ektlarini tekshira boshladi va oxir-oqibat Eronning yadro qurolini yaratish bo‘yicha ish olib borayotganini tasdiqladi. Shundan keyin AQSH, Yevropa mamlakatlari Eronning moliya sektori, energoresurslar va qurollar eksportiga sanksiya joriy qildi, natijada mamlakat iqtisodiyoti murakkab ahvolga tushib qoldi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan mazkur xabarda.