Tehron va Moskva banklararo qo‘shma to‘lov tizimini yaratishda hamkorlik qilmoqda
Eron va Rossiya tomonlari qo‘shma to‘lov tizimini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mehdi Safari ma’lum qildi, deyiladi "RIA Novosti" xabarida.
Xabarda Eron rasmiy vakilining "Tabiiyki, o‘z tranzaksiyalarini dedollarizatsiya qilmoqchi bo‘lgan ikki davlat "SWIFT"ga o‘xshash maxsus tizimga ega bo‘lishi kerak. Eron va Rossiya tomonidan bunday tizimning bittadan versiyasi tanlovga qo‘yildi. Hozir biz amalda juda yaxshi kelishuvga erishdik. Bu tizim orqali ikki davlat o‘rtasida valyuta operatsiyalarini amalga oshiramiz", degan nutqi iqtibos qilib keltirilgan.