“Tasnim” axborot agentligi yozishicha, Eron Tashqi ishlar vazirligi Tehron har qanday hujumga “keng ko‘lamli” javob berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

– Mamlakatimiz o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlariga, shuningdek, iyun oyidagi voqealarini o‘z ichiga olgan tajribasiga to‘liq ishonadi, - dedi Eron TIV vakili Ismoil Bekey. – Ayni paytda biz kuchliroq pozitsiyadamiz va yurtimiz har qanday hujumga ancha kengroq va afsuslanarli tarzda javob beradi.
Diplomat turli harbiy kuchlar va tahdidlarni “xalqaro huquqning ochiqchasiga buzilishi” deb atadi.
– Mintaqadagi o‘lkalar biron bir xavfsizlik muammosi yuzaga kelsa, Eron yagona nishon emasligini tan olishadi. Shuning uchun mintaqadagi davlatlar o‘rtasida umumiy tashvish mavjud, deya qo‘shimcha qildi Bekey.
Bundan tashqari, u tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi va AQSH prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasida xabar almashilgani haqidagi da’volarni rad etdi.
G.Sattorova, O‘zA