Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafoni start oldi
14:15 / 2023-06-15

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida “TechnoWays-2023» harbiy ilmiy-innovatsion marafoni start oldi.

Marafonning ochilish marosimi 14 iyun kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida bo‘lib o‘tdi. Unda bilim yurti rahbariyati, Innovatsion rivojlanish agentligi va Yoshlar akademiyasi vakillari so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan vazifalar va yaratiladigan imkoniyatlar haqida fikr yuritishdi."TechnoWays-2023" harbiy ilmiy-innovatsion marafoni doirasida harbiy doktorantlar forumi, innovatsion harbiy loyihalar ko‘rgazmasi, ilmiy g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Mudofaa vazirligida innovatorlik faoliyati natijalarini (ishlanmalarini) ishlab chiqarishga yo‘naltirish hamda loyiha mualliflarini moddiy rag‘batlantirishdir.

Festivalda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va ta’lim muassasalari shaxsiy tarkibi ishtirokchilarining eng yaxshi ishlanmalari namoyish etildi. Yuqori natijaga erishgan ishlanmalar kelgusida xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etadi.  

O‘zA