English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Teatrning 50-ijodiy mavsumi
11:21 / 2024-09-18

Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrining yangi 50 - yubiley mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda teatr ixlosmandlari, keng jamoatchilik vakillari va teatr jamoasi ishtirok etdi.

Teatr tomoshabinlariga Sirdaryo teatri to‘g‘risida video rolik namoyish etilib, teatr ochilgandan buyon amalga oshirilgan ishlar, ijodiy jamoa a’zolari erishgan yutuqlar, 50 yil muqaddam sahnalashtirilib ijro etilgan va shu bugungi kunga qadar qimmatini yo‘qotmagan va teatr jamoasi repertuaridan munosib joy olgan Abdulla Qahhorning “Muhabbat" qissasi asosida yaratilgan spektakl, Uzeir Hojibekovning “Arshin-mololon” spektakli, uni yaratilish tarixi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi. 

[gallery-19315]

Shundan so‘ng teatrning yosh va faxriy ijodkorlari maxsus yo‘lak bo‘ylab sahnaga chiqishdi. Ularni Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qutlab, teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskani ekanligini ta’kidlab, bir guruh faxriy va fidoyi ijodkorlarga hokimlikning tashakkurnomalarini topshirdi va teatr jamoasiga yangi mavsumda ijodiy zafar tiladi.

Tadbirning asosiy qismida teatr jamoasi "Yarim asr" deb nomlangan teatrlashtirilgan bayram kompozitsiyasini namoyish etishdi. Unda "Arshin mololon"," Insonlikka nomzod", "Nodirabegim", " Tegmang qitig‘im keladi", "Inson o‘zing" spektakllaridan, "Ona" dramasidan, "Xotinlar gapidan chiqmagan hangoma", " Maysaraning ishi" komediyasidan, "Anvar va Ra’no" musiqali lirik dramasidan parchalar ijro etildi. Bu esa teatr ixlosmandlari, jamoatchilik vakillarining olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Teatr jamoasi yangi ijodiy mavsumda "Maysaraning ishi", "To‘ylar muborak", “Kakkuli soat" komediyalarini, "Shiroq" tragediyasini, "Doniyorning sarguzashtlari", " O‘rmon ahli", "Antiqa sholg‘om" ertaklarini namoyish etadi.

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari