French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Teatrlarimiz xorijliklar nigohida
10:19 / 2021-11-29

Mamlakatimiz teatrlarining xalqaro hamkorligini yanada kengaytirish va kuchaytirish masalasiga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Bu esa yoshlar bilimini boyitib, uni yanada kengaytirish bilan birga yurtimizning san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim dargohlari, teatr jamoalari haqida xorijliklarga batafsil ma’lumot berishda ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Shu yilning 22-28 noyabr kunlari mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasining yetakchi teatrshunos olimi, mohir jurnalist va yozuvchi Aleksandr Minkin mehmon bo‘ldi. Ayni paytda u O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalar uchun turkum mahorat darslari, o‘quv-seminarlar, treninglar o‘tkazdi.

Rossiyalik teatrshunos poytaxtimizdagi bir qator teatr jamoalari faoliyati bilan ham batafsil tanishdi. Jumladan, “Diydor” teatr-studiyasi, uning izlanuvchan, yangilikka intiluvchan jamoasi rossiyalik mehmonda unutilmas taassurot uyg‘otdi.

Mazkur jamoaning tojikistonlik rejissyor Barzu Abdurazzoqov hamkorligida sahnalashtirilgan “Kapalak tushi” nomli yangi spektakli xorijlik mehmonni hayratga soldi.

– bugungi murakkab davrda, axborot bo‘hronlari kuchaygan globallashuv davrida yurtingiz teatrlari o‘z qiyofasini saqlab qolgani diqqatga sazovor, – dedi Aleksandr Minkin. – Qadrdon do‘stim, O‘zbekiston xalq artisti, betakror san’atkor Bahodir Yo‘ldoshev teatrida “Kapalak tushi” spektaklini tomosha qildim. Bu sahna asari menda unutilmas taassurot qoldirdi. Ushbu spektakl orqali angladimki, o‘zbek teatr jamoalari o‘z an’analariga sodiq qolgan holda uni jahonning eng ilg‘or teatr yo‘nalishlari bilan boyitgan holda dadil izlanmoqdalar.

 

N.Usmonova,

O‘zA