Prezidentimizning 2023 yil 27 iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Madaniyat vazirligi tizimida “O‘zbekteatr” davlat muassasasini tashkil etish belgilangan.
Ayni paytda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Madaniyat vazirligida “O‘zbekteatr” davlat muassasasini tashkil qilish yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasi hamda davlat teatrlarining ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etdi.
Muhokamada davlat muassasasining maqsad va vazifalari, respublikadagi davlat teatrlari va teatr studiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, milliy teatr san’atining boy an’analari va yutuqlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, zamon talablari darajasidagi sahna asarlarini yaratish kabi dolzarb masalalar haqida so‘z bordi.
N.Usmonova,
O‘zA