Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Teatrlar o‘rtasida memorandum imzolandi
06:55 / 2026-02-12

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri va Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatri o‘rtasida ijodiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv teatr jamoalari o‘rtasida yangi ijodiy ufqlarni ochib, qo‘shma sahna loyihalarini amalga oshirish, aktyor va rejissyorlar o‘rtasida tajriba almashish, gastrol safarlarini tashkil etish hamda xalqaro festivallarda birgalikda ishtirok etishni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida jahon va milliy dramaturgiyaning sara asarlari sahnaga olib chiqiladi, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Eng muhimi, spektakllarda ikkita teatr aktyorlari birgalikda o‘ynaydi, o‘zaro tajriba almashadi. Bu esa ijodkorlar uchun katta maktab vazifasini o‘taydi.

Boku shahrida bo‘lib o‘tgan tantanali imzolash marosimida taniqli san’at namoyandalarining ishtiroki ushbu hamkorlikning teatr jamoatchiligi uchun naqadar ahamiyatli ekanini yana bir bor tasdiqladi. Ushbu ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida joriy yilning sentyabr oyida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatrining 100 yillik yubileyi munosabati bilan Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatri Nukus shahriga tashrif buyuradi. Mehmonlar tomoshabinlar e’tiboriga Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi bilan mashhur “Arshin molalan” spektaklini taqdim etadi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.