Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Teatr tanqidchilari va dramaturglar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
10:03 / 2025-07-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 22 noyabrdagi “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz teatr jamoalari hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi huzurida “Teatr tanqidchilari va dramaturglar klubi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkor tashkilotlar – O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va San’atkor, ijodkor hamda ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi va sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishni O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi o‘rinbosari Usmon Eratov ochib berdi. Yig‘ilishda soha mutaxassislari tomonidan klub faoliyati bo‘yicha qator fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Yig‘ilish so‘ngida Klubning rahbar organlari jamoatchilik asosida ovoz berish yo‘li orqali saylandi.  

Yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan saylov natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Usmonqul Azimov (Usmon Azim) Teatr tanqidchilari va dramaturglar klubi raisi etib  saylandi.  

N.Usmonova,  

O‘zA