Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Teatr rejissyorlarining "DEBYUT" ko‘rik-festivali o‘tkaziladi
11:09 / 2020-11-10

Shu yil dekabr oyida teatr sohasidagi eng nufuzli festivallardan biri – "DEBYUT" o‘tkaziladi.

Festivalda respublikamizda faoliyat yuritayotgan professional davlat teatrlarida sahnalashtirilgan turli mavzu va janrdagi spektakllar ishtirok etadi.

Unda 40 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar o‘zlarining birinchi rejissyorlik ishlari bilan qatnashishi mumkin.

– Har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan ushbu teatr ko‘rik-festivali yosh ijodkorlarni kashf etish, ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda. Teatr sohasiga yoshlarni ko‘proq qiziqtirishda ham festivalning munosib o‘rni bor, – deydi O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi o‘rinbosari Usmon Eratov.

Bu yilgi dasturdan 11 ta spektakl o‘rin olgan bo‘lib, ular safida "Julqunboy", "Uylanish", "Bremen musiqachilari", "Padarkush", "Advokat bo‘lish osonmi", "Shumtaka gnommlar", "Sen Gara emassan" kabi spektakllar bor.