French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Teatr ijodkorlaridan bolajonlarga tuhfa
09:05 / 2024-01-01

Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri Yangi yil sovg‘asi sifatida yosh tomoshabinlarga “Sinalgan do‘stlik” nomli yangi spektaklni taqdim etdi.

Yosh ijodkor X. Xalilayeva muallifidagi yangi spektakl ertak  janrida yozilgan bo‘lib, teatr rejissyori  G. Daliyeva tomonidan  sahnalashtirilgan.  

[gallery-15301]

Spektakl taqdimotida teatr va san’at sohasi vakillari, o‘quvchi-yoshlar hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

 Spektaklda do‘stlik munosabatlari o‘rmon hayvonlari - quyon, yo‘lbars, tulki, ayiq kabi ertak qahramonlari orqali ochib berilgan.  

Sahna asari bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA fotomuxbiri