“Teatr – ibratxonadir” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari “Turon” maktab teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan tanlovning Navoiy viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Ishtirokchilar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar va hakamlar hay’ati tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.


Tanlov davomida jamoalar sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, g‘oyaviy yondashuv hamda badiiy ifoda mezonlari asosida baholandi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2-o‘ringa Navoiy shahridagi Prezident maktabi jamoasi, 3-o‘ringa esa Qiziltepa tumani Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi munosib, deb topildi.


1-o‘rinni egallagan Konimex tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi esa tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadi.
A. Bo‘riyev, O‘zA muxbiri