French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Teatr ibratxonadir» shiori ostida teatr festivali haftaligi boshlandi
15:52 / 2024-03-25

2023-yil 22-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida «Teatr ibratxonadir» shiori ostida teatr festivali haftaligi o‘tkazilmoqda.  

«Teatr ibratxonadir» shiori ostidagi teatr festivalining ochilish marosimi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida bo‘lib o‘tdi.  

Mazkur haftalik bolalar ijodiyotini yanada rivojlantirish, maktablardagi badiiy to‘garaklar ishini davr talabi asosida yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlarni teatr san’atiga qiziqtirish kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.  

Maktablardagi havaskorlik teatr jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan «Bobur sog‘inchi», «Padarkush», «Bebaho xazina», «O‘zbekiston buyuk daholar yurti», «Turkiston bolalari», «Ziyvar», «Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir», «Darsdan so‘ng» va «Pantomima» spektakllari hamda «Tanho qayiq», Turkiston», «Ibrat hayoti», «Sharq ayoli», «Jaholat to‘g‘risida rivoyat», «Jaloliddin Manguberdi» singari badiiy musiqiy kompozitsiyalari namoyish etiladi.  

 

N.Usmonova,  

O‘zA