English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDTUning 3 nafar talabasi  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ stipendiyasiga sazovor bo‘ldi  
10:29 / 2025-10-11

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-2026 o‘quv yili stipendiatlari aniqlandi.  

Saralash jarayonlari natijasiga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining magistratura bosqichida tahsil olayotgan 3 nafar talaba – Diyorbek Shodmonov, Eleonora Bekbosinova va Sardorbek Saimovning nomzodi munosib deb topildi.

Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda mazkur stipendiya yosh mutaxassislar uchun nafaqat moddiy rag‘bat, balki ularning kasbiy o‘sishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Kuni kecha stipendiatlarga “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali topshirildi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA