Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDTU Olmaliq filialida “Registrator Ofis” faoliyat boshladi
16:25 / 2024-09-13

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qaroriga asosan, ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish maqsadida “Registrator ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Registrator ofisning Ma’lumotlar bazasi (Back offıs) bo‘limi hamda Xizmat ko‘rsatish (Front offis) bo‘limlari hozir professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga yordam ko‘rsatish, masalalarni tezkor va sifatli hal etish uchun xizmat qilmoqda. 

U ta’lim sifatini oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ta’lim jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan. Ya’ni oliygohning turli bo‘limlarini – o‘quv bo‘limi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot bo‘limi, ilmiy bo‘lim hamda xalqaro aloqalar bo‘limlarining funksiyalarini birlashtiradi. Bu o‘z navbatida talabalarga bir joyda ko‘plab masalalarni hal qilish imkoniyatini yaratish bilan birga, ta’lim jarayonidagi rasmiyatchilikni kamaytirib samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. 

Bundan tashqari, Registrator ofisi 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlarini qabul qilish bilan ham shug‘ullanadi. Ushbu yangiliklar orqali talabalar va ularning ota-onalari uchun ko‘plab qulayliklar yaratish maqsad qilingan. 

A.Musayev, O‘zA.