Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDT Oqsoqollar kengashi raisi bilan uchrashuv
18:18 / 2022-03-23

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Binali Yildirim bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida V.Norov Binali Yildirimni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga yuksak va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyat tiladi. Joriy yil 9-11 fevral kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan Oqsoqollar kengashi yig‘ilishining samarali natijalari qayd etildi.

[gallery-6270]

Uchrashuvda O‘zbekiston va TDK o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Kengash faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zA