TDT mamlakatlari bandlik va ijtimoiy himoya bo‘yicha ishchi guruh tuzadi
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) ga a’zo mamlakatlar va tuzilmadagi kuzatuvchi o‘lkalar mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya bo‘yicha ishchi guruh tuzadi.
Bu haqda “AzerTAJ” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushbu qaror Bokuda bo‘lib o‘tgan TDT mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya vazirlarining birinchi yig‘ilishida qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, ishchi guruhning maqsadi – mehnat qonunchiligi va huquqlarni himoya qilish, ish joyida sog‘liq va xavfsizlik hamda gender tengligi sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir.
Xabarga ko‘ra, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolangan.
S.Rahimov, O‘zA