French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDT energetika vazirlari Istambulda to‘plandi
11:58 / 2025-12-12

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) energetika vazirlarining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, yig‘inda tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikning “TDTni global geosiyosiy markazga aylantirish jarayonida” muhimligini ta’kidlashgan. Shuningdek, Kaspiy dengizini turkiy dunyoni birlashtiruvchi ko‘prik sifatida ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan “Yashil energiya yo‘lagi” loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.

Transkaspiy energetika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, neft va tabiiy gaz, muhim minerallar, yadro energiyasi va uchinchi mamlakatlarga qo‘shma energiya investitsiyalari kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro muloqot chog‘ida yagona energiya ko‘prigini tashkil etuvchi Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida tajriba almashish, texnologik hamkorlik va yangi loyihalarni ishlab chiqish orqali mintaqaviy energiya xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar ta’kidlandi.

S.Rahimov, O‘zA