English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDT bayrog‘i koinotga yuboriladi
00:00 / 2025-09-15

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan tuzilmaga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari to‘rtinchi uchrashuvi yakunida jurnalistlarga kelajakda TDT bayrog‘i koinotga yuborilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, TDT turkiy dunyo tarixi, madaniyati va merosini keng targ‘ib etayotgan mazkur noyob tuzilma.

– Tashkilot doirasida tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, turizm va hatto fazo sohasini ham qamrab olgan 40 dan ziyod platforma yaratilgan, – dedi Omuraliyev. – Yaqin orada turkiy dunyo birligi ramzi sifatida TDT bayrog‘i koinotga chiqariladi.