English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDMAUda zamonaviy «Qurilish muhandisligi» laboratoriyasi foydalanishga topshirildi
13:13 / 2025-12-13

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida «Qurilish muhandisligi» yo‘nalishi uchun zamonaviy laboratoriya markazi ochildi.

 Ushbu markaz "Tashabbusli byudjet"dan ajratilgan 1,5 milliard so‘mlik mablag‘ evaziga qurib bitkazildi. 

Markazdagi jihozlar nafaqat zamonaviy, balki qurilish sanoatida real qo‘llaniladigan texnika va uskunalardir. Bu yerda talabalar o‘z bilimlarini amaliyotda sinab, puxta ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, professor-o‘qituvchilar esa ilmiy tadqiqotlarini yuqori darajada olib borishi mumkin.

Laboratoriyada beton, armatura, asfalt va bitum kabi qurilish materiallari tekshiriladi. Bundan tashqari, yo‘l qurilishi uchun maxsus uskunalar hamda energiya samaradorligi va temir-beton konstruksiyalarning sifat tekshiruvi uchun zamonaviy testlar o‘tkaziladi.


— Ushbu laboratoriya — oddiy infratuzilma emas. Bu — kelajak quruvchilari, muhandislari, olimlari va innovatorlari uchun mustahkam tayanch. Bu — yoshlarimizning salohiyatiga ishonch, bunyodkorlikka da’vat, taraqqiyot sari qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir, — dedi universitet rektori Rasul To‘rayev.

Yangi laboratoriya orqali universitetdagi ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlanadi, talabalar raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlanadi, sanoat bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi. Shu bilan birga, qo‘shimcha xizmatlar orqali universitetning texnik bazasi boyib, moliyaviy manbalar ham shakllantiriladi.

O‘zA