English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tbilisida “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda
18:42 / 2025-06-05

5 iyun kuni Tbilisi shahridagi “Expo Georgia” ko‘rgazma majmuasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berishicha, ko‘rgazmada yurtimizning yetakchi tarmoqlariga oid mahsulotlar, jumladan, elektrotexnika, avtomobil sanoati, to‘qimachilik, charm-poyabzal, agrar, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish materiallari va mebel sanoati mahsulotlari keng namoyish etilmoqda. 

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov, O‘zbekistonning Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov hamda Gruziya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Georgiy Pertaya ishtirok etdi. 

Tomonlarning fikr bildirishicha, ko‘rgazma ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari uchun yangi imkoniyat yaratadi, manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. 

Anjuman doirasida ishbilarmonlar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar, V2V muzokaralar o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarda targ‘ib qilish va eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 

Ko‘rgazma 7 iyun kuniga qadar davom etadi. 

B.XUDOYBERDIEV, O‘zA