Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz
15:02 / 2021-11-26

Poytaxtimizdagi “Yoshlik” shaharchasi hokimligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, 2021 yilda mamlakatimizda oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Biroq bu borada aholining barcha qatlamlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, xotin-qizlarga nisbatan yuzaga kelgan stereotiplarni o‘zgartirish uchun jamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish va respublikada qabul qilingan qonun hujjatlarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ish olib borish zarur.

Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari, bu holatlarga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘riladigan choralar, amaliyot, muammolar va keyingi rejalar haqida so‘z yuritildi.  

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA