Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilmoqda
14:15 / 2025-07-31

Ma’lumki, yurtimizda aholi, ayniqsa, bolalar va ayollar manfaatlarini himoya qilish, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish, bu borada sud-huquq tizimi bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Sohaga oid qonunchilik mustahkamlanib, mas’ullarning tajribasi va bilimini oshirish ishlari olib borilmoqda.

Shunga ko‘ra, poytaxtimizda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan malaka oshirish kursi tashkil etildi.

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda qator mahalliy tashkilotlar hamkorligida ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ko‘mak ko‘rsatish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimizning 2024 yil 10 maydagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berildi.

Shuningdek, “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusida ma’ruzalar tinglanib, amaliy tavsiyalar berildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA