French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayyorgarliklar mas’ullar nazoratida
13:48 / 2024-12-23

Sovuq kunlar boshlangach hududlarda tabiiy gaz va elektr ta’minotida ayrim sabablar tufayli vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatiladi. Shu kabi holatlarni e’tiborga olgan holda Toshkent viloyatida ham mas’ullar, sektor rahbarlari tomonidan joylardagi mavjud vaziyatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, viloyat IIBB boshlig‘i, general mayor Tohir Aripov tomonidan O‘rta Chirchiq tumani “Kuchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan zaxira ko‘mir bazasi, tuman aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi “Hududgazta’minot” korxonasi hamda Nurafshon shahrida elektr tarmoqlari korxonasining qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.  

Jarayonda energiya resurslarining barqarorligini ta’minlash, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va texnik uskunalarning holati ko‘zdan kechirildi. Hududiy IIB rahbarlari va yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilish, qarzdorliklarni undirish hamda iste’molchilarni sifatli va uzluksiz energiya manbalari bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, tegishli idora vakillariga mazkur korxonalarda xizmat barqarorligini ta’minlash maqsadida navbatchilik asosida ishlashni tashkil etish, xodimlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, texnik vositalar va transport bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

Ko‘zlangan asosiy maqsad qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, tegishli tashkilotlar xodimlarining mas’uliyatini oshirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen avariya va shu kabi muammolarning oldini olishdan iborat.  

A.Musayev, O‘zA.