French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayyorgarlik qizg‘in
18:57 / 2023-12-27

Mamlakatimizda “Prezident archasi” tantanalarini o‘tkazish, unda bolajonlarga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish ko‘p yillardan buyon ezgu an’anaga aylangan.

Respublikamizning barcha hududlari qatorida Sirdaryo viloyatiga ham “Prezident sovg‘asi”ortilgan yuk avtomobili yetib keldi.Ushbu sovg‘alar Sirdaryo viloyatidagi 281 nafar chin yetim va ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlariga beriladi.

Ayni kunlarda Sirdaryo vohasida “Prezident archasi” tantanasini yuqori saviyada yuksak ko‘tarinkilik bilan o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

–Asosiy bayram tadbiri Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, – deydi Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Xudoyqulov. – "Prezident sovg‘alari" Respublika idoralaridan biriktirilgan mas’ul vakillar, mahalliy hokimliklar va keng jamoatchilik ishtirokida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, ertak qahramonlari, quvnoq she’r-qo‘shiqlar, quvnoq raqslar bilan esda qolarli tarzda bo‘lib o‘tadi. 

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri