Aholining gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, vaqtida “zangori olov”ni yetkazib berish maqsadida “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Joylarda gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi, gaz maromlash qurilmalari yangilandi va bo‘yoqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 7 kilometrga yaqin gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi, 484 kilometrdan ortiq gaz quvurlari havo bosimi yordami ostida tozalandi. Shu yil hisobida 122 kilometrdan ortiq gaz quvurlarida rekonstruksiya ishlari olib borildi. Bu bilan shubhasiz, viloyatdagi 100 dan ortiq mahallaning tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishiladi.

– Viloyatda tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun tizimli ishlar o‘tgan yillarga nisbatan ancha o‘sgan. Shu yil hisobida 78 ta gaz maromlash qurilmalari to‘liq ta’mirlandi. Viloyat bo‘yicha 2023 yilda 45 kilometr gaz quvuri rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 2024 yilda qariyb 57 kilometr gaz quvuri rekonstruksiya qilindi. Raqamlar misolida ko‘rish mumkin, amaliy ishlar qariyb ikki barobarga oshgan, – deydi gaz ta’minoti fialining bo‘lim boshlig‘i Akmal Nasretdinov.

Ta’kidlash lozim, aholiga mavsum davomida gazni xavfsiz yetkazib berish maqsadida gaz maromlash qurilmalari ham taftish qilindi. Mavsumga qadar 4687 ta gaz maromlash qurilmalari nazoratdan o‘tkazildi. Nafaqat mavsum, balki yil o‘n ikki oy aholini bir maromda gaz bilan ta’minlash asosiy maqsad ekan, bugun ana shu maqsad yo‘lida tizim xodimlari harakatini mas’uliyatga tayangan holda davom ettirmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.