French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayyorgarlik ishlari Minsk shahrida o‘tadi
14:43 / 2025-07-16

Ayni kunlarda futbol bo‘yicha mamlakat milliy chempionatining Superligasi davralar oralig‘ida tanaffus e’lon qilinganligi sababli klublar qizg‘in tayyorgarlik ishlariga kirishgan.

Jumladan, birinchi davrani 26 ochko bilan 7-o‘rinda yakunlagan Namanganning “Navbahor” jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Belarus Respublikasida olib borishga qaror qildi. Boisi, namanganliklar mavsumni o‘z oldiga qo‘ygan yuksak marralarni zabt etishi uchun munosib hozirlik ko‘rishi talab etiladi. 

Murabbiylar shtabi, futbolchilar, tegishli xodimlardan iborat klub delegatsiyasi a’zolari bugun tongda poytaxtimiz aeroportidan Minsk shahriga uchib ketdi. Bosh murabbiy Sergey Lushan boshchiligida 29 iyulga qadar davom etadigan xorij yig‘ini doirasida “Navbahor” bir qator jamoalarga qarshi nazorat uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakat Superligasining ikkinchi davrasiga 2 avgust sanasida start beriladi. Shu kuni “Navbahor” jamoasi Samarqandda “Dinamo” klubining mehmoni bo‘ladi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.