French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayvanda yirik kompaniya direktori hibsga olindi
15:30 / 2026-01-15

Tayvan prokuraturasi 13 yanvar kuni "Oneplus" kompaniyasi hammuassisi va bosh direktori Pit Lauga rasman ayblov qo‘yib, uni hibsga olish uchun order chiqardi.

Ushbu tadbirkor mahalliy muhandislarni qonunga xilof ravishda ishga yollaganlikda gumon qilinyapti. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Xitoy korxonalari tayvanlik mutaxassislarni ishga olish uchun hukumatdan maxsus ruxsatnoma olishi lozim. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya shu talabga amal qilmagan.

Rasmiylar ta’kidlashicha, mazkur chora oroldan yuqori malakali kadrlar chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan.

2013 yil dekabr oyida tashkil etilgan "Oneplus" jahon bozori uchun smartfon ishlab chiqaradigan kompaniya bo‘lib, "Oppo" tarkibiga kiradi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA