Tayvanda sodir bo‘lgan yirik temir yo‘l halokati oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘ldi
Tayvanda sodir bo‘lgan yirik temir yo‘l halokati oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘ldi va 146 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirildi.
Taybey transport ma’muriyati ma’lumotiga qaraganda, poyezd tunneldan chiqish joyida izdan chiqib ketgan. Hodisa joyiga maxsus xizmatlarning vakillari yetib borgan va zuddlik bilan ishga kirishgan. Poyezdda jami 490 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarida tunnelning chiqish joyida turib qolgan haydovchisiz avtomobil halokat yuz berishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.