Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayvanda 6.1 balllik zilzila sodir bo‘ldi
15:56 / 2025-12-25

Tayvanning Taytung okrugida 6,1 magnitudali yer silkinishi yuz berdi, deb xabar bermoqda “Reuters” nashri.

Ta’kidlanishicha, zilzila Taypey hududida ham sezilgan. Mamlakat ob-havo idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning chuqurligi 11,9 kmni tashkil qilgan. Hozircha yo‘qotilgan zarar hamda jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ma’lumki, mazkur orol ikki tektonik plitaning kesishgan hududida joylashgan bo‘lib, mintaqada tez-tez zilzilalar ro‘y berib turadi. 

D.Hakimov, O‘zA