Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayvan rahbari Xitoy tomonidan tahdidlar kundan-kunga kuchayib borayotganini ta’kidladi
10:55 / 2021-10-29

Tayvan ma’muriyati rahbari Say Inven CNN telekanaliga bergan intervyusida Xitoy tomonidan xavf kundan-kunga ortib borayotganini ma’lum qilib, agar orolga hujum uyushtirilsa AQSHning yordamiga umid qilishini ta’kidladi.

"Xitoy tomonidan xavf kun sayin ortmoqda", – dedi  Tayvan rahbari.

Uning fikricha, Tayvan  bilan Xitoy o‘rtasida tushunmovchiliklar darajasini pasaytirish uchun aloqalarni kengaytirish foydali bo‘ladi.

"Biz muzokaralar stoliga o‘tirishimiz  va tushunmovchiliklar bo‘yicha gaplashib olishimiz mumkin", – dedi u.

U shuningdek, agar materikdan hujum uyushtiriladigan bo‘lsa AQSH Tayvanni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini ta’kidlagan.

Amerikaning 1979 yilda qabul qilingan qonuniga ko‘ra, yagona Xitoy tamoyili qo‘llab-quvvatlanadi, biroq ushbu qonun AQSHning Tayvanga harbiy yordam berishini ham nazarda tutadi.

Xitoy bilan uning orol provinsiyasi o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda to‘xtab qolgan. O‘shanda mamlakatda yuz bergan fuqarolar urushida Chan Kayshi rahbarligidagi Gomindon kuchlari Xitoy kommunistik partiyasidan mag‘lubiyatga uchrab Tayvan oroliga o‘tib olgan edi. Orol bilan materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar o‘tgan asrning 80-yillari oxirida tiklandi.