French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayvan orolga keladiganlarga karantinni bekor qildi
10:01 / 2022-10-13

Tayvan payshanbadan boshlab epidemiologik cheklovlarni yumshatishning ikkinchi bosqichi doirasida orolga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun karantinni bekor qildi.

Hukumat shuningdek, orolga keluvchi yo‘lovchilarning haftalik kvotasini 60 mingdan 150 ming kishiga oshirdi.  

Taybey shahri yaqinidagi Taoyuan xalqaro aeroporti payshanba kuni 270 reysni amalga oshirish va orolga keladigan 12 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deyiladi xabarda.

Tayvan  29 sentyabrdan viza olishi shart bo‘lmagan 65 ta mamlakat fuqarolariga orolga kelishga ruxsat bergan edi.