French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayvan ma’muriyati rahbarligiga nomzod AQSHga boradi
10:01 / 2023-10-01

Tayvan ma’muriyati rahbarligi uchun nomzodini qo‘ygan Xalq partiyasi raisi Ke Venchje 1-5 oktyabr kunlari AQSHda bo‘ladi. Bu haqda “Taiwan News” yozgan.

Xabarda aytilishicha, safari davomida u San-Fransiskoda ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashadi, tibbiyot texnologiyalari, ta’lim sohalari bo‘yicha muzokaralarda qatnashadi, Amerikaning texnologiya kompaniyalarini ko‘zdan kechiradi, AQSHda ta’lim olayotgan tayvanlik talabalar bilan ko‘rishadi, elektr avtomobili ishlab chiqaradigan zavodlarga boradi.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Venchje shu yilning o‘zida Qo‘shma Shtatlarga ikkinchi tashrifini amalga oshiryapti: aprel oyidagi safar 21 kun davom etgan.

Tayvan ma’muriyati rahbarligiga saylov kelasi yil yanvar oyida o‘tkazilishi rejalangan.