Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayvan aholisi tez keksaymoqda
09:41 / 2026-01-15

Tayvan o‘z tarixida ilk bor o‘ta keksaygan jamiyat maqomiga ega bo‘ldi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat aholisining 20 foizdan ortig‘i 65 yosh va undan katta kishilardan iborat.

Aholisi 23 milliondan oshadigan Tayvanda nafaqat keksalar soni ko‘paymoqda, balki umumiy aholi soni ham kamayib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda 65 yoshdan oshganlar soni 4,6 milliondan ortiq bo‘lib, bu aholining beshdan bir qismini tashkil etadi. Shu bilan birga, bolalar ulushi juda kam — 0–14 yoshdagilar atigi 11,5 foizni tashkil qilmoqda.  

Mamlakatda tug‘ilish darajasi keskin pasaygan. 2025 yil dekabr oyida bor-yo‘g‘i 9 mingga yaqin chaqaloq tug‘ilgan. Yil davomida tug‘ilgan bolalar soni esa 107 mingdan sal ko‘proq bo‘lib, bu tarixdagi eng past ko‘rsatkichdir.  

Mutaxassislar tug‘ilishning kamayishini quyidagi omillar bilan bog‘lamoqda: odamlarning kech turmush qurishi, kam farzandli hayotni tanlashi, yashash xarajatlarining qimmatligi va bolalar parvarishiga davlat yordami yetarli emasligi.  

Bu muammoga javoban, Tayvan hukumati tug‘ilish sonini oshirish uchun yangi choralarni ko‘rmoqda. Xususan, yolg‘iz ayollar uchun sun’iy urug‘lantirish kabi tibbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Ie7h42g8IWM?si=ade36p2sB7PKp3k2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA