French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayland va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
18:30 / 2025-07-28

Tayland va Kambodja rahbarlari so‘nggi o‘n yillikdagi eng qonli mojaroni yakunlash maqsadida kecha yarim tundan boshlab kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri ma’lum qilmoqda.

Ikki o‘lka yetakchilari Malayziyaning Putrajaya hududida ushbu davlat bosh vaziri, ASEAN mintaqaviy blokining amaldagi raisi Anvar Ibrohim mezbonligida muzokara o‘tkazdi va unda tomonlar harbiy harakatlarni to‘xtatish va bevosita muloqotni tiklashga kelishib oldi. 

– Bugun tun yarmidan boshlab so‘zsiz o‘t ochish to‘xtatiladi, -dedi Anvar Ibrohim matbuot anjumanida.

Janubi-Sharqiy Osiyodagi ikki qo‘shni davlat o‘tgan hafta ichida o‘zaro ziddiyatga kirishgan edi. Hatto quruqlik chegaralari bo‘ylab turli otishmalar kuzatildi, og‘ir artilleriya qurollari ishga solindi, havo hujumlari avj oldi.

Malayziya yetakchisi payshanba kuni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni taklif qilgan edi, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar ham bunga yordam berishini aytgandi.

AQSH prezidenti Donald Tramp dam olish kunlari har ikki yetakchiga qo‘ng‘iroq qilib, kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirdi va agar liderlar nizoni to‘xtatmasa, ular bilan savdo bitimlari tuzmasligini ma’lum qilgandi.

O‘.Alimov, O‘zA