Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayinlov
11:07 / 2025-03-17

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mullajonov Abduqahhor Fayzulloyevich Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Abduqahhor Mullajonov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasida boshlagan. 2004 yildan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017-2018 yillarda esa Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.

U 2018 yil iyulidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida, 2021 yil aprelidan buyon esa Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

A.Mullajonov tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri