Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, soha vakillari hamda viloyat faollari ishtirok etdi.
Tadbirda qonun ustuvorligini ta’minlash har bir mamlakat taraqqiyotining asosiy shartlaridan hisoblanib, unda prokuraturaning o‘rni va roli juda muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, viloyatda mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar va oldinda turgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Adliya katta maslahatchisi Islomjon Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurori lavozimidan sog‘ligi yomonlashganligi sababli o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi va yangi viloyat prokurori tanishtirildi.
Jizzax viloyati prokurori etib, Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov tayinlandi.
Baxtiyor Ibrohimov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri