Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Vazirlar Mahkamasi kotibiyatiga rahbar kadrlar tayinlandi
15:00 / 2020-06-02

Hukumat qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining bir qator rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi.


Hukumat qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining bir qator rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi.

Xususan, Furqat Jalolovich Raximov mazkur kotibiyat mudiri sifatida ish boshlaydigan boʻldi. Shavkat Radjabaliyevich Nabiyev hamda Jasurbek Shavkatovich Avezovlar esa ushbu kotibiyat mudiri oʻrinbosarlari etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Lutfiddin Nasrullayevich Xodjayev yuqorida nomi keltirilgan kotibiyatning Xalqaro hamkorlik masalalari shoʻbasiga mudirlik qiladi.