Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Toshkent viloyati hokimligida yangi tayinlovlar amalga oshirilmoqda
14:53 / 2021-02-02

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddasiga muvofiq yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimining tegishli qaroriga muvofiq Ulug‘bek Uzakov Yuldashevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. U. Uzakov shu paytgacha Jizzax viloyati Do'stlik tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.  

Zuxra Mirgaziyeva Turayevna viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Z.Mirgaziyeva shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zA.